"Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes "Inter Mayami"da ishlash uchun asosiy nomzod hisoblanadi. Yaqinda ma’lum bo‘lishicha, Xerardo Martino jamoa bosh murabbiyligidan ketadi.
Hozirda Xavi argentinalikining o‘rniga asosiy nomzod sifatida qaralmoqda. Agar tayinlov amalga oshsa, ispaniyalik mutaxassis "Barselona"da birga o‘ynagan vaqtlaridan beri tanish bo‘lgan Lionel Messi, Luis Suares, Serxio Buskets va Jordi Alba bilan hamkorlik qilishi mumkin bo‘ladi.
Xavi Ernandes o‘tgan mavsumdan so‘ng Kataloniya superklubi tomonidan iste’foga chiqarilgan edi.