Kolumbiya terma jamoasi JCH-2026 saralash bahsida o‘z maydonida Ekvador termasiga imkoniyatni boy berdi - 0:1. O‘yin "Metropolitano Roberto Melendez" stadionida bo‘lib o‘tdi.
Yagona gol 7-daqiqada hujumchi Enner Valensiya tomonidan kiritildi. 34-daqiqadan boshlab ekvadorliklar ozchilikda o‘ynashdi, chunki himoyachi Pyero Inkapi qizil kartochka oldi.
Jadvalda Ekvador va Kolumbiya terma jamoalari mos ravishda 3 va 4-o‘rinlarni egallab turibdi. Har ikki jamoa hisobida 19 ochko bor.