"Jirona"dan "Barselona"dan ijaraga olingan yarim himoyachi Oriol Romeu o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatsizlik sabablari haqida gapirdi.
"Barselona"dagi bosim menga unchalik ta’sir qilmaydi deb o‘ylagandim. Kundalik hayot yaxshi edi, lekin atrofimdagi odamlarga men haqimda aytgan gaplari katta ta’sir ko‘rsatdi. Men o‘zimni noqulay his qildim.
Shu darajaga yetdiki, men haqimda nima yozayotganini ko‘rmaslik uchun ijtimoiy tarmoqlar va matbuotni o‘qishni butunlay to‘xtatdim", - deya Romeuning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.