"Nyukasl" yarim himoyachisi Bruno Gimaraes "Manchester Siti"ning unga bo‘lgan qiziqishi haqida gapirdi.
"Men "Nyukasl"ning asosiy o‘yinchilaridan biri ekanligimga ishonaman va bu yerda menga katta hurmat bilan qarashadi. Bir necha yil oldin men Angliya Premyer-ligasida o‘ynashni orzu qilardim, endi esa men "Nyukasl" sardoriman - bu aql bovar qilmaydigan narsa. Men "Nyukasl"ni juda yaxshi ko‘raman. Albatta, "Manchester Siti"ning qiziqishi yuqori saviyani namoyish qilayotganimni ko‘rsatadi, ammo bu shunchaki qiziqish. Gvardiola? Biz so‘z almashganimizdan so‘ng, men uning ishiga qoyil qoldim, u esa menikiga qoyil qoldi, boshqa hech narsa yo‘q", - dedi Gimaraes Globo Esporte bilan suhbatda.