Yarim himoyachi Frenki de Yong tibbiy sabablarga ko‘ra Niderlandiya terma jamoasini erta tark etdi.
Biroq 27 yoshli futbolchining sog‘lig‘ida jiddiy muammo yo‘q. AS nashri xabariga ko‘ra, de Yong "Barselona" vakillariga uning ketishi faqat ehtiyot choralari tufayli bo‘lganini aytgan.
De Yong payshanba kuni "Barselona"da to‘liq mashg‘ulotlarni boshlaydi. Niderlandiyalik futbolchi Ispaniya chempionati doirasidagi “Selta”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishga tayyor bo‘ladi.
“Selta” – “Barselona” uchrashuvi 23 noyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.