Dushan Vlaxovich «Yuventus»ning navbatdagi 2 ta o‘yinini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.
Futbolchi Serbiya terma jamoasi safida son jarohatini olgan va bugun klubda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan.
"La Gazzetta dello Sport"ning xabar berishicha, 24 yoshli futbolchi kamida A Seriya doirasidagi «Milan»ga qarshi va Chempionlar Ligasidagi «Aston Villa»ga qarshi o‘yinlarda qatnashmaydi.
Joriy mavsumda turinliklarning eng yaxshi to‘purari hisoblangan Vlaxovich chempionatda 12 o‘yinda 6 ta gol urgan.