"Barselona" anchadan beri "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salohga qiziqib kelmoqda. Ammo endi Kataloniya klubi rahbarlari misrlik futbolchi bilan shartnoma imzolash g‘oyasidan voz kechishga qaror qilishdi.
Ispaniyaliklar fikricha Salohni qo‘lga kiritish yosh Lamin Yamalning rivojlanishiga to‘sqinlik qilishidan xavotirda. "Barselona" rahbariyati braziliyalik vinger Rafinyaning o‘yinidan ham mamnun.
Muhammad Saloh joriy mavsum “Liverpul” safida 17 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ularda u 10 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.