OAV xabariga ko‘ra, "Yuventus" "Lion"ning gruziyalik markaziy hujumchisi Jorj Mikautadzeni sotib olmoqchi. Fransiya klubi quyi ligaga tushib ketmaslik uchun futbolchilardan qutulishi kerak.
Turin klubi avvalroq Dushan Vlahovichning holati bilan bog‘liq noaniqlik tufayli "Manchester Yunayted" a’zosi Joshua Zirkzee va "Lill" a’zosi Jonatan Devid bilan qiziqayotgan edi.
Jorj Mikautadze shu yozda “Lion” safiga qo‘shildi. Gruziyalik hujumchi 2028 yilning yoziga qadar mehnat shartnomasi imzoladi. Joriy mavsumda futbolchi fransuz klubi safida barcha turnirlarda 14 ta o‘yin o‘tkazdi. Ularda u ikkita gol va bitta golli uzatmani qayd etdi.