Yozda Parij klubi "Barselona" va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal uchun 250 million yevro taklif qilgandi. Bu haqda RMC Sport nashri "ko‘k-anorranglilar" prezidenti Joan Laportaning so‘zlariga tayanib xabar berdi.
"Biz bu taklifni hech qachon ko‘rib chiqmaganmiz. Yamal Mbappening o‘rniga ideal nomzodmi? Xo‘sh, pulingiz va uni sarflash imkoniyati bo‘lganda, istalgan odamni sotib olishga urinib ko‘rishingiz mumkin", - deya Laporta so‘zlarini keltiradi RMC Sport.
Joriy mavsumda 17 yoshli Yamal "Barselona" safida barcha turnirlarda 16 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.