"Arsenal"ning sobiq yarim himoyachisi Patrik Viyeyra Italiyaning "Jenoa" klubi bosh murabbiyiga aylanadi.
Bu haqdagi yangilik bilan Insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishdi. Fransiyalik mutaxassis bu lavozimda italiyalik Alberto Jilardinoni almashtiradi.
"Kelishuvga erishildi va Viyeyra shu hafta "Jenoa"da ishlay boshlaydi", - deya tushuntiradi Fabrisio.
“Jenoa” 10 ochko bilan A Seriyada 17-o‘rinda bormoqda.