Kecha Portugaliya terma jamoasi Xorvatiya bilan durang o‘ynadi (1:1). O‘yindan keyingi matbuot anjumanida Roberto Martines terma jamoadagi raqobat eshigi ochiqligini, bu yerda hamma o‘z imkoniyatini qo‘lga kiritishi mumkinligini ta’kidladi.
"Men juda faxrlanaman. Futbolda yettita o‘zgarish qilish va jamoaning g‘oyasi va taktik konsepsiyasini saqlab qolish juda qiyin. Birinchi bo‘lim o‘yinda g‘alaba qozonish haqida edi. Ikkinchi bo‘limda ular juda kuchli 15 daqiqaga ega bo‘lishdi va biz birinchi bo‘limdagi kabi nazoratga ega bo‘lmadik.
Nunu Mendesh tufayli yana bir vaziyat yaratdik, bu har ikki qanotda ham o‘yin bo‘ldi, lekin faxr tuyg‘usi bilan ketyapman. Bugun 3 nafar futbolchi xalqaro maydonda debyut qildi. Biz terma jamoada raqobat eshigini ochdik va o‘yilarni mag‘lubiyatsiz yakunladik", - deydi Roberto Martines.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya terma jamoasi A1 guruhida birinchi o‘rinni egallab, Millatlar ligasining chorak finaliga chiqdi.