Ronald Kuman seshanba oqshomida Bosniya va Gersegovinaga qarshi bahs oldidan fikr bildirdi.
"Men hamma narsani o‘zgartiramanmi? aytmayman. Bu kimning o‘yinga tayyorligiga bog‘liq.
Jarohatlar haqida shikoyat qilmoqchi emasman, lekin jarohat olgan futbolchilar bilan doimo shug‘ullanishim kerak. Men hech qachon sifatli tanlovga ega bo‘lmadim. Buning ham albatta, o‘yinlarga ta’siri bor.
Agar bizda hamma futbolchilar sog‘lom bo‘lsa, ajoyib jamoa yetishib chiqadi. Istalgan jamoa bilan raqobatlasha olamiz", – dedi Kuman.