Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti joriy mavsumni yangi himoyachi sotib olmasdan davom ettirishni rejalashtirmoqda.
Klubning asosiy himoyachilari — Eder Militao va Dani Karvaxal jarohat olganiga qaramay, jamoa shunday qaror qabul qilinmoqda. Murabbiy himoyada fransiyalik yarim himoyachi Orelyen Tchuamenidan foydalanishni maqsad qilgan. Bu haqda Relevo xabar berdi.
Klub rahbariyati qishda transfer bozoriga chiqib, markaziy himoyachi sotib olishni rejalashtirmayapti. Ular hozircha asosiy futbolchilarga vaqtinchalik o‘rinbosar uchun ortiqcha mablag‘ sarflashga ehtiyoj yo‘q deb hisoblamoqda. Bundan tashqari, bu vaziyatdan klub akademiyasi tarbiyalanuvchilari foydalanishi mumkinligi aytilmoqda.
Karlo Anchelottining fikriga ko‘ra, Orelyen Tchuameni Eder Militaoning tiklanishiga qadar uning o‘rnini bosishga qodir. Italiyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, fransiyalik futbolchi Germaniya terma jamoasi a’zosi Antonio Ryudiger bilan markaziy himoyada yaxshi juftlik hosil qilishi mumkin.