"Real"ning 28 yoshli yarim himoyachisi Dani Sebalyos qishda klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Diario AS xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi joriy mavsumda juda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda, shu sababli uning ehtimoliy ketish masalasi yana dolzarb bo‘lib qoldi.
Katta ehtimol bilan yarim himoyachi “Betis”ga qaytadi.