AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning fikricha, Argentina va "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi bo‘lajak jahon chempionatida ishtirok etadi.
"Messining jahon chempionatiga chiqa olishiga shubham yo‘q. Agar xohlasa, o‘ynaydi. Ko‘ryapsizmi, u yaxshi. Leo juda professional va o‘ziga g‘amxo‘rlik qiladi. Uni jahon chempionatida ko‘rish ajoyib bo‘lardi. Bu AQSH uchun ham, Argentina uchun ham hayajonli bo‘ladi", - deydi Pochettino.
Messi 2023 yilning yozida Fransiyaning “PSJ” klubidan erkin agent sifatida “Inter Mayami”ga o‘tgan edi. Bu vaqt ichida argentinalik futbolchi klub safida 39 ta o‘yin o‘tkazib, 34 ta gol va 19 ta golli uzatmani amalga oshirgan.