Zlatko Dalich Xorvatiya terma jamoasining Millatlar ligasining chorak finaliga chiqqaniga baho berdi.
Xorvatiyalik murabbiy Portugaliya bilan o‘yindan keyin (1:1) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Men yigitlarga mashaqqatli mehnat evaziga bunday natijaga erishganliklarini aytdim, garchi buning uchun doim kurashishimiz kerakdek tuyuldi. Biz Millatlar ligasida juda yaxshi o‘yinlar o‘tkazdik, jumladan Portugaliyaga qarshi ikkinchi bo‘lim.
Tarkibga bir nechta yosh futbolchilarni jalb qildik, natija inqirozi bo‘lganiga qaramay, o‘yinimizda hech qachon inqiroz bo‘lmagan", - deydi Dalich.