“Yuventus” va “PSJ” klublari haligacha Milan Shkrinyarning transferi borasida kelishib olishmagan. Slovakiyalik futbolchi Luis Enrike jamoasida katta talabga ega emas, shuning uchun u yanvarda o‘z holatini o‘zgartirishi mumkin. "Yuventus" 29 yoshli futbolchiga qiziqish bildirgan va uni ijaraga olmoqchi.
SportMediaset xabariga ko‘ra, "PSJ" Shkrinyarning to‘liq transferini talab qilmoqda. Qolaversa, parijlik grandlar markaziy himoyachini o‘rniga o‘rinbosar topmaguncha qo‘yib yuborish niyatida emas.
Milan Shkrinyar bu mavsumda "PSJ" safida bor yo‘g‘i to‘rtta o‘yin o‘tkazdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, "Inter"ning sobiq yulduzining hozirgi narxi 20 million yevroni tashkil qiladi.