Italiya terma jamoasi hujumchisi Moyze Kin Fransiyadan uchralgan mag‘lubiyat (1:3) haqida fikr bildirdi.
"Ha, menda yakunda imkoniyat bor edi, ammo Maynyan ajoyib o‘ynadi. Afsuski, natija bizning foydamizga emas, faqat mag‘lubiyatdan saboq olishimiz mumkin. O‘yin qiyin kechdi, chunki ular himoyada bo‘sh joy berishmadi. Lekin men hali ham qobiliyatimizga shubha qilmayman", - deya Kinning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Fransiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Italiya terma jamoasi turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa tushib ketdi, Spaletti shogirdlari faqat qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha fransuzlarga yutqazdi.