"Lill" yarim himoyachisi Ayub Buaddi Italiyaga ko‘chib o‘tishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, "Milan" 17 yoshli futbolchini maqsad qilgan. Yevropaning ko‘plab top-klublari yosh iste’dodga qiziqish bildirayotganiga qaramay, "Milan" Buaddining transferida Paulo Fonseka asosiy omil bo‘lishiga umid qilmoqda.
Qayd etilishicha, fransuz klubi yarim himoyachini sotishdan kamida 25 million yevro ishlab olishni rejalashtirgan, «Milan» qishda muzokaraga kirishadimi yoki yozgacha kutadimi, noma’lum.