Jamol Musialaning maoshi sezilarli darajada oshishi mumkin.
Jurnalist Florian Plettenberg xabariga ko‘ra, yarim himoyachi "Bavariya" bilan 2029 yilgacha shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Maoshi soliqlarni hisobga olmaganda 25 million yevroga oshirilishi muhokama qilinmoqda (ilgari unga 10 milliondan kam maosh to‘langan). Futbolchining agenti ham komissiya oladi.
Shartnoma imzolaganlik uchun bonus bo‘ladimi yoki yo‘qmi hozircha aniq emas, lekin umuman olganda, 4 yil davomida myunxenliklar Musiala uchun taxminan 120 million yevro sarflashlari kutilmoqda.
Joriy mavsumda Jamol Bundesligada 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi.