Eder Militao qachon operasiya qilinishi ma’lum bo‘ldi. Braziliyalik futbolchi Ispaniya chempionati doirasidagi "Osasuna"ga qarshi o‘yinda (4:0) xochsimon bog‘lamidan jarohat oldi.
Jurnalist Melchor Ruizning so‘zlariga ko‘ra, Militaoning o‘ng tizzasini operasiyasi 19 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Joriy mavsumda futbolchi 17ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
24 noyabr kuni "Real Madrid" safarda "Leganes"ga qarshi bahs olib boradi.