«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim klub hujumchisi Joshua Zirkzeega ishonadi.
Xabarlarga ko‘ra, 39 yoshli portugaliyalik mutaxassis klubdagi ilk vazifalaridan biri niderlandiyalik markaziy hujumchining o‘ziga bo‘lgan ishonchini tiklash va darajasini qaytarish bo‘ladi.
23 yoshli forvard o‘tgan yozda «Bolonya»dan transferidan so‘ng juda ko‘p tanqid ostida qolib ketdi. U mankunianliklar safida 17 ta o‘yinda 1 ta gol urib, 2 ta assist berdi.