Belgiya terma jamoasi Millatlar ligasida yomon o‘ynadi va Fransiya (13 ochko), Italiya (13 ochko) va Isroil (4 ochko) bilan bir guruhda atigi 4 ochko to‘pladi. Yakshanba kungi isroilliklardan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (0:1) matbuot va muxlislar Domeniko Tedeskoning “qizil iblislar” bosh murabbiyligidan ketishi mumkinligi haqida gapira boshlashdi.
Biroq, Tedeskoni bo‘shatish qimmatga tushadi. Jurnalistlarning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Belgiya futbol federatsiyasi murabbiyi bilan xayrlashar ekan, u 750 ming yevro va murabbiylar shtabining besh nafar a’zosiga ishdan bo‘shatish to‘lovi to‘lashi kerak bo‘ladi.