Yamayka terma jamoasi futbolchilari Maykl Antonio va Kaxeym Dikson o‘z pasportlarini yo‘qotdi va AQSH bilan KONKAKAF Millatlar ligasi o‘yinida ishtirok etmaydi. Bu haqda milliy terma jamoa bosh murabbiyi Stiv Maklaren matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Yana bir futbolchi - Etan Pinnok jarohati tufayli o‘yinni o‘tkazib yuboradi.