"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag yaqin orada iste’foga chiqarilmaydi.
Yaqinda klub rahbarlari yig‘ilish o‘tkazib, unda niderlandiyalik murabbiyning kelajagi haqida so‘z yuritildi, biroq bir ovozdan qaror qabul qilinmadi. Ten Xag, avvalroq kutilganidek, xalqaro tanaffus oxirigacha ishdan bo‘shatilmaydi. TBR Football xabariga ko‘ra, mutaxassisning asosiy vazifasi klubni Chempionlar ligasiga qaytarishdir. Buning uchun nafaqat chempionatdagi natijalarni yaxshilash, balki Yevropa Ligasi orqali ham erishish mumkin – turnirdagi g‘alaba eng nufuzli yevrokubok yo‘llanmasini beradi.