Yaqinda JCH-2026 saralash doirasida Paragvay terma jamoasi sensasion tarzda Argentinani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Lionel Messi hakamlikdan norozi bo‘lgan paytda muxlislar tribunadan argentinalik yulduzga narsalar uloqtirishdi.
Paragvay terma jamoasi himoyachisi Omar Alderete ijtimoiy tarmoqlarda xabar qoldirdi va Leo Messidan uzr so‘radi.
"Hurmatli Leo Messi, kimdir sizga shisha uloqtirgani uchun o‘sha noxush voqea uchun mamlakatim nomidan uzr so‘rayman. Siz mamlakatimizda va butun dunyoda millionlab odamlar uchun kumirsiz. Biz sizga bo‘lgan mehr va hayratimizni aks ettirmaydigan bu hurmatsizlik harakatidan chuqur afsusdamiz", - dedi Omar Alderete.