Xoselu Karlo Anchelottini dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb hisoblaydi.
Madridliklar sobiq futbolchisi jamoaning so‘nggi o‘yinlari fonida bosh murabbiyga tanqidlari, xususan, Chempionlar ligasida "Lill"dan uchralgan mag‘lubiyat (0:1) haqida fikr bildirdi.
"Hozir Anchelotti haqida shubha qilish xato bo‘lardi. Menimcha, u mavsumda hammasi yaxshi bo‘lmaydigan paytlar bo‘lishini biladi. Bu dunyoning istalgan klubida bo‘ladi va u murabbiy sifatida va uning xodimlarida bu vaziyatdan xotirjamlik bilan kurashish, eng yaxshi holatga o‘tish uchun zarur shart-sharoit mavjud.
U, albatta, jamoani to‘g‘ri yo‘lga sola oladi, u ayni damda dunyoning eng yaxshi murabbiyi va barcha o‘yinchilar bilan eng yaxshi natijaga erishmoqchi.
Ishonchim komilki, u yanada ko‘proq unvonlarni qo‘lga kiritadi", - dedi Qatarning "Al-Garafa" klubida o‘ynayotgan sobiq "Real" futbolchisi.