"Lion" xo‘jayini Jon Tekstor quyi ligaga tushib ketmaslik rejasini e’lon qildi.
Oldinroq Fransiyaning yetti karra chempioni agar yozgacha vaziyatni to‘g‘irlamasa, 505,1 million yevro qarzi tufayli Liga 1dan chetlatilishi ma’lum bo‘lgandi.
Nazorat va boshqaruv milliy komissiyasi klubga qishda yangi o‘yinchilarni sotib olishni taqiqladi.
"Lion" egasi Jon Tekstor shanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida 100 million yevro atrofidagi kamomadni qanday qoplashni rejalashtirayotganini tushuntirib berdi. Tadbirkorning aytishicha, Eagle Football Holdings bosh kompaniyasi yaqin oylarda kamida 300 million yevro olishi kerak, bu pulning qancha qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri "Lion"ga ketishi aniqlanmagan.
“Lion” futbolchilarni sotishdan 55 million yevro ishlab olishni kutmoqda.