Italiyalik darvozabon Janluiji Donnarumma Fransiyaga qarshi o‘yin oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Isroil bilan durangdan so‘ng ular tajovuzkor bo‘lib, yo‘qotilgan vaqtni to‘ldirishga harakat qilishadi.
Men ularning hujumchilarini juda yaxshi bilaman, shuning uchun bu qiyin bo‘lishini tushunaman. Biz Barkolya va Kolo-Muani bilan kurashda yanada tajovuzkor bo‘lishimiz kerak. Mbappening yo‘qligi?
Sabablarini bilmayman, lekin uning yo‘qligi ular uchun jiddiy yo‘qotish bo‘ldi", - deya «PSJ» darvozabonining so‘zlarini keltiradi Football Italia.