Angliyaning “Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola klub bilan shartnomasini uzaytiradi.
Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, Gvardiola va "Manchester Siti" o‘zaro hamkorlikni 2026 yilgacha uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Aytilishicha, kelishuv allaqachon 99 foizga yakunlangan. Tez orada 54 yoshli murabbiy bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha "Manchester Siti"dan rasmiy xabar e’lon qilinishi kutilmoqda.