Italiyalik insayder Fabrisio Romano "Bavariya" qanot himoyachisi Alfonso Devisning kelajagi haqida gapirdi.
"Real Madrid" va Devis o‘rtasidagi kelishuv yakunlandimi? Kafolat berishim mumkinki, ayni paytda 24 yoshli kanadalik birorta klub bilan shartnoma imzolamagan. Vaholanki, himoyachi hali ham "qaymoqranglilar"ning 2025 yildagi asosiy maqsadlaridan biri bo‘lib qolmoqda", - dedi Romano.
Kecha, Devis Madrid klubi bilan shartnoma shartlarini kelishib olgani to‘g‘risida xabarlar chiqqan edi.