Zlatko Dalich Xorvatiya - Portugaliya o‘yini oldidan o‘z fikrini bildirdi.
Millatlar ligasining 6-tur o‘yini 18 noyabr kuni Splitda bo‘lib o‘tadi.
"Bu biz uchun katta jang bo‘ladi. Biz o‘z muxlislarimiz oldida g‘alaba qozonishni istaymiz, ammo Portugaliya - guruhimizda eng yaxshi jamoa.
Biz yaxshi o‘ynashimiz va pley-offga chiqish uchun zarur bo‘lgan ochkoni qo‘lga kiritishga harakat qilishimiz kerak. Bu musobaqa boshlanishidan oldin bizning maqsadimiz edi. Biz hech qachon taslim bo‘lmasligimiz kerak va bor kuchimiz bilan harakat qilamiz," - dedi Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi.
5 turdan so‘ng xorvatiyaliklar A divizioni 1-guruhida ikkinchi o‘rinni egallab, Polsha va Shotlandiyadan 3 ochkoga o‘zib ketishdi.