Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Sergey Rebrov Millatlar ligasining 5-turi doirasidagi o‘yin arafasida Gruziya terma jamoasi yetakchisi Xvicha Kvarasxeliya haqida gapirdi.
"Xvichani xuddi birinchi o‘yinda u bizni to‘xtatishga uringanidek ushlab qolishga harakat qilamiz. Xvicha qaysi pozisiyada o‘ynashini bilmayman. Men bu futbolchini juda hurmat qilaman. Bizning o‘z rejamiz bor.
Ishonamanki, Gruziya terma jamoasida yuqori saviyali futbolchilar bor. Mikolenko aytganidek, ularga qarshi o‘ynash juda qiziq, ammo bizning o‘z o‘yin rejamiz bor", - deya Rebrovning so‘zlarini keltiradi UAF rasmiy sayti.