Argentina terma jamoasi oktyabr oyidagi FIFA kunlarida Venesuela va Boliviyaga qarshi o‘yinlarda ishtirok etadi. "Albiseleste" bosh murabbiyi Lionel Skaloni uchrashuvlar oldidan Aleksis Makallisterning holatiga to‘xtaldi.
«Makallister jarohati tufayli individual mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. U birinchi uchrashuvda ishtirok etadimi yoki yo‘q, ko‘ramiz. Hozircha u umumiy guruhda ishlay olmaydi va payshanba kuni u bo‘yicha qaror qabul qilamiz.
Umid qilamizki, yana bir futbolchini yo‘qotmaymiz», - dedi Skaloni.