Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov Avstriyaga qarshi Millatlar Ligasi o‘yinida Aleksandr Marochkinning chetlatilishi haqida gapirdi.
“Qizil kartochka menga quvonch keltirmadi. Sizga keltirdimi? Sizda qizil qalpoq bor, balki bu sizga quvonch keltirgandir (jurnalistga murojaat qildi).
Buni jamoa sifatida tahlil qilamiz. U mas’uliyatsiz o‘ynadi. Biz futbolda ichidamiz, xatolar bo‘ladi. Sababini topamiz. Sizningcha, u o‘yinga tayyor emas edimi?” dedi Cherchesov.
Cherchesov qo‘l ostidagi terma jamoa hisobida 0 ta g‘alaba va 0 ta gol bor.
Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng jamoa Millatlar Ligasida C ligaga tushib ketdi.