Angliyaning "Nottingem Forest" klubi yanvar oyidagi transferlar vaqtida markaziy himoyachisi Murilloni qo‘yib yubormaslikka qaror qildi. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.
Avvalroq 22 yoshli braziliyalik futbolchini "Barselona", "Real" va "Liverpul" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligi ma’lum bo‘lgandi.
Murilloning "o‘rmonchilar" bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.