Italiyalik sobiq himoyachi Marko Materassi Zlatan Ibrahimovichning faoliyati haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Shvesiyalik yulduz 2022/23 yilgi mavsum yakunida butsalarini mixga osib qo‘ygandi. Sobiq hujumchining futbolchilik faoliyatidagi so‘nggi klubi "Milan" bo‘lgan.
Materassi Zlatan haqida so‘ralganda shunday javob berdi: "Men Ibrahimovich bilan hozir aloqada emasman.
U o‘zini dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb hisoblaydi, lekin men uchun u oddiy hujumchilardan biri xolos.
U ko‘p narsalarni yutdi, lekin jahon chempionati, Yevro va Chempionlar ligasida g‘alaba qozona olmadi.
Biz uni eng yaxshilardan biri sifatida eslaymiz, ammo u Ronaldu va Messining darajasida emas", - deya italiyalikning so‘zlarini keltiradi jurnalist Nikolo Skira.