"Transfermarkt" internet portali Germaniya chempionati futbolchilarining narxini yangiladi.
Bundesliganing narxi tushgan futbolchilari reytingida birinchi o‘rinni «Bavariya»ning ikki futbolchisi egalladi: Leroy Sane va Kingsli Koman, ularning har biri o‘n million yevrodan arzonlagan. Kuchli uchlikni «Bavariya»ning yana bir futbolchisi Leon Goreska yakunlab berdi.
Bundesliganing narxi eng arzonlagan 10 nafar futbolchisi quyidagicha:
Sane («Bavariya») – 10 mln yevro — 60 mln yevro;
Koman («Bavariya») – 10 mln yevro — 40 mln yevro;
Goreska («Bavariya») – 8 mln yevro — 22 mln yevro;
Fyurix («Shtutgart») – 6 mln yevro — 22 mln yevro;
Reyna («Borussiya» Dortmund») – 6 mln yevro — 12 mln yevro;
Palinya («Bavariya») – 5 mln yevro — 50 mln yevro;
Garsiya («Bayer») – 5 mln yevro — 20 mln yevro;
Elmas («RB Leypsig») – 5 mln yevro — 15 mln yevro;
Vind («Volfsburg») – 5 mln yevro — 15 mln yevro;
Dina Ebimbe («Ayntraxt») – 3 mln yevro — 9 mln yevro;