«Manchester Siti» yulduz hujumchisi Erling Xoland Angliya Premyer-ligasi doirasida yaqinda «Arsenal»ga qarshi o‘yin (2:2) yakunida sodir bo‘lgan voqea haqida gapirdi.
«Siti»ning so‘nggi golidan so‘ng Xoland to‘pni «kanonirlar» himoyachisi Gabrielning boshiga otgan edi.
«Men hayotimdagi ko‘p narsani bo‘lishini xohlamaganman. O‘sha vaziyat o‘yinning qizg‘in pallasida sodir bo‘ldi. Maydonda sodir bo‘lgan narsa maydonda qoladi», - deya Xoland so‘zlarini keltirmoqda "City Xtra".