«Barselona» vingeri Lamin Yamal jamoa hujumchisi Robert Levandovski haqida fikr bildirdi.
«Levandovskiga qanday pas bermasin, u doim gol uradi. Biz u uchun juda xursandmiz. Umid qilamanki, u eng yaxshi to‘purarga aylanadi», - deya Yamal so‘zlarini keltiradi "RNE".
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 36 yoshli Levandovski to‘qqizta o‘yinda qatnashib, o‘nta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.