"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi, hozirda futbol eksperti Gari Nevill "qizil iblislar" bosh murabbiyi Erik ten Xagning mankunianliklar klubidagi kelajagi haqida gapirdi.
"O‘yindan so‘ng darhol rahbariyatdan jiddiy qarorlarni hech kim kutmagan deb o‘ylayman. Bu sodir bo‘lishi uchun har doim juda jiddiy narsa yuz berishi kerakdek tuyulardi. Masalan, o‘tgan haftada "Tottenxem"dan uchralgan mag‘lubiyat kabi. Menimcha, bu durang Ten Xagga biroz vaqt beradi.
"Manchester Yunayted" Premyer-liga tarixidagi eng yomon startini boshdan kechirdi, shuning uchun bayram qilish uchun kam narsa bor", - deydi Nevill.
Joriy mavsumda APLning 7 turidan so‘ng “Manchester Yunayted” 8 ochko bilan turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.