"Komo"ning italiyalik himoyachisi Marko Kurto iyul oyida "Vulverxempton"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Xvan Xi Changa nisbatan irqchi fikrlarni aytgani uchun 10 o‘yinga diskvalifikasiya qilindi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "Komo"dan S Seriyaning "Chezena" klubiga ijaraga o‘tgan Kurto jazo muddatining yarmini darhol o‘taydi, qolgan diskvalifikasiya esa ikki yillik sinov muddati bilan to‘xtatiladi.
"Futbolchi Marko Kurto kamsituvchi xatti-harakatlarda aybdor deb topildi va 10 o‘yinga diskvalifikasiya qilindi", - dedi FIFA vakili.
E’tiborlisi, o‘yinchi jamoat ishlarini bajarishi kerak va FIFA tomonidan tasdiqlangan tashkilotda ta’lim va tayyorgarlikdan o‘tishi kerak.