O‘tgan mavsum yuqori diviziondan tushib ketganidan so‘ng, "Santos" moliyaviy qiyinchiliklarni yengillashtirish uchun turli klublarning o‘z futbolchilarini sotish bo‘yicha takliflarini ko‘rib chiqishga majbur. Ulardan biri 18 yoshli Joau Pedro Shermont bo‘lib, u Premyer-liganing bir qancha vakillarining e’tiborini tortdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yosh o‘ng qanot himoyachisiga "Arsenal", "Vulverxempton", "Everton" va "Chelsi" qiziqish bildirmoqda. Braziliyalik futbolchi uchun tovon puli 58 million funt sterlingni tashkil etishiga qaramay, klub futbolchi uchun kichikroq takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. London klublari allaqachon braziliyalikning yaqinlari bilan muzokaralarga kirishgan.
Eslatib o‘tamiz, Joau Pedro Shermont bu yil 35 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.