«Barselona» yarim himoyachisi Pedri "Martinez y Hermanos" dasturi mehmoni bo‘ldi. Yosh futbolchi ko‘rsatuvda jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning qattiqqo‘lligi haqida gapirdi.
Pedrining so‘zlariga ko‘ra, «Blaugrana»ning sobiq bosh murabbiyi Xavi bir daqiqa kechikish uchun futbolchilarni 1000 yevro jarimaga tortgan. Har bir keyingi daqiqa uchun jarima ikki baravar ko‘paygan. Flikga kelsak, agar u kechiksa, futbolchini asosiy tarkibdan yoki hatto keyingi o‘yin uchun tarkibdan chiqarib tashlaydi.
Chorshanba kuni «Barselona» Chempionlar ligasi doirasida «Srvena Zvezda»ni mehmonda 5:2 hisobida mag‘lub etdi. Flik jamoasi navbatdagi o‘yinni 10 noyabr, yakshanba kuni «Real Sosyedad»ga qarshi o‘tkazadi.