Lautaro Martines "Arsenal" ustidan qozonilgan g‘alabaga (1:0) baho berdi.
"Ushbu o‘yindagi eng yaxshi narsa uch ochko, jamoaviy ruh va maydonda kurashish istagi bo‘ldi. Yakuniy jadvaldagi bu uchrashuvlar juda muhim bo‘ladi. Biz o‘z darvozamizdan birorta ham gol o‘tkazib yubormadik, bu ortiqcha, chunki chempionatda juda ko‘p gol o‘tkazib yubordik.
Biz xursandmiz: bu turnirda hamma narsa mayda-chuydalarga bog‘liq va biz "planka"ni ko‘tarishda davom etishimiz kerak. Biz hamma narsaga erishmoqchimiz – klub tarixi shuni talab qilmoqda. Men mumkin bo‘lgan hamma narsani yutishni istayman, biz shu uchun harakat qilyapmiz”, - dedi “Inter” sardori.