Londonning “Arsenal” klubi “Inter” darvozasini ishg‘ol eta olmadi. Italiya jamoasi birinchi bo‘lim oxirida Xoqon Chalxanogluning goli evaziga minimal g‘alabaga erishdi.
Opta xabariga ko‘ra, "Arsenal" 2006 yilning noyabr oyidan beri birinchi marta Chempionlar ligasi o‘yinida darvozaga 20 ta zarba yo‘llab gol ura olmadi. Bundan 18 yil avval “kanonirlar" SSKA bilan uy uchrashuvida ham xuddi shunday holat sodir bo‘lgandi: o‘shanda londonliklar 23 marta zarba berishgan, biroq urinishlarning birortasi ham maqsadga yetmagan (0:0).
Umumiy bosqichning navbatdagi turida Mikel Arteta shogirdlari Lissabonda mahalliy “Sporting”ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 26 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.