"Tottenxem" bosh murabbiyi Angelos Postekoglu "Galatasaroy" haqida iliq fikrlar gapirdi.
"Ularda juda yaxshi jamoa, individual kuchli futbolchilar bor, kuchli Yevropa jamoasiga qarshi o‘ynaganingizda, boshqacharoq narsani kutish qiyin. Lekin shuni tushunishingiz kerakki, bizda Angliya Premyer-ligasida har hafta o‘yinlar bo‘ladi, shuning uchun biz top jamoalar bilan muntazam o‘ynaymiz, bu biz uchun yangilik bo‘lmaydi. Bu biz uchun yaxshi sinov, biz Yevropa ligasini ajoyib boshladik, biz g‘alaba qozonishni davom ettirmoqchimiz. Turkiyada o‘ynash qiyin bo‘ladi, ularning muxlislari jamoaga har doim kuchli kuch bag‘ishlaydi", - deya Postekogluning so‘zlaridan iqtibos keltiradi "Tottenxem" matbuot xizmati.