"Barselona" jiddiy moliyaviy muammolarni boshdan kechirmoqda, ammo har yili qandaydir yo‘l bilan yangi o‘yinchilarni o‘z safiga qo‘shib olyapti.
Xabarlarga ko‘ra klubning yaqin kelajakdagi maqsadi Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Karim Adeyemi bo‘lishi mumkin.
Manbaning qayd etishicha, “Barselona” Adeyemi kelishuvi doirasida Ferran Torresdan foydalanishi mumkin. Bu hujumchining Kataloniya klubida kelajagi yo‘q.
Transfermarkt portali 22 yoshli Karim Adeyemini 35 million yevroga, 24 yoshli Ferran Torresni esa 30 million yevroga baholamoqda.