Yarim himoyachi Aureliyen Tchuameni seshanba kuni "Real Madrid"ning "Milan"ga qarshi Chempionlar ligasi o‘yinida faqat bir bo‘lim o‘ynadi. Madrid klubi fransiyalik futbolchiga tashxis qo‘yilganini e’lon qildi, biroq uning tuzalib ketish vaqti haqida hech narsa demadi.
Ayni paytda jurnalist Arancha Rodriges ijtimoiy tarmoqlarda Tchuamenini tiklash uchun bir oyga yaqin vaqt ketishini yozdi. Shu tariqa, fransiyalik futbolchi qish boshida maydonga qaytishi mumkin bo‘ladi.
Karlo Anchelotti shogirdlari 9 noyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadigan "Osasuna"ga qarshi uy o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rishyapti.