Kecha Ispaniyaning “Osasuna” klubi Qirol kubogi bahsida “Chiklana” darvozasiga javobsiz beshta gol urdi.
Pamploniyaliklar Ruben Garsiyasiz o‘ynashdi. Valensiyalik futbolchi kubok o‘yinini o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keldi va o‘tgan hafta sodir bo‘lgan vayronkor suv toshqinlarini bartaraf etish uchun o‘z shahriga yo‘l oldi.
Uning olijanob ishorasi klub rahbariyatining hech qanday e’tiroziga sabab bo‘lmadi va Ruben Garsiya Valensiyaga quruq qo‘l bilan bormadi, balki insonparvarlik yordami ila turli ish asboblari bilan yetib bordi.